top of page

XOLISLIK SIYOSATI

menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi «LEADERS CERTIFICATION» MCHJ

  «LEADERS CERTIFICATION» MCHJ menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi (MT SO) sifatida sertifikatlaydigan tashkilotlardan mustaqildir. Shu orqali sertifikatlashtirish natijalariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida har qanday ma’muriy, tijorat, moliyaviy yoki boshqa turdagi bosim o‘tkazilishining oldi olinadi.

  Tahlil qilish va qaror qabul qilish faqat kuzatuv natijalari va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlar uchinchi shaxslarga ma’lumotlarni oshkor qilmaslik va maxfiylikni saqlash majburiyatini oladi hamda har bir mijozga nisbatan betaraflik va mustaqillikni ta’minlaydi.

   MT SO barcha xodimlardan manfaatlar to‘qnashuvi yoki betaraflikka tahdid tug‘ilishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida darhol xabar berishni talab qiladi va ularni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rilishini kafolatlaydi.

     Ushbu talablar va chora-tadbirlar sertifikatlashtirish faoliyatining yuqori darajadagi xolisligini ta’minlaydi va betaraflikka bo‘lgan xavflarni sezilarli darajada kamaytiradi.

     Rahbariyat sertifikatlashtirish ishlarida betaraflikning muhimligini to‘liq tushunadi, mavjud xavflarni anglaydi va ularni bartaraf etish yoki minimallashtirish uchun zarur choralarni ko‘radi.

    MT SO sertifikatlashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha manfaatlar to‘qnashuvini, shu jumladan mijozlar bilan munosabatlardan kelib chiqadigan holatlarni aniqlaydi va tahlil qiladi.

    Rahbariyat barcha xodimlarni betaraflik tamoyiliga tahdid yuzaga kelganda qanday harakat qilish kerakligi haqida xabardor qilish majburiyatini oladi..

       Rahbariyat auditorlar va qaror qabul qiluvchi xodimlarga bosim o‘tkazmaslikni kafolatlaydi.

       MT SO betaraflikka xavf tug‘diradigan holatlar mavjud bo‘lsa, sertifikatlashtirishni amalga oshirmaydi.

      MT SO ma’lum bir konsultatsiya tashkilotini jalb qilish orqali sertifikatlashtirish jarayoni osonroq, tezroq yoki arzonroq bo‘ladi degan fikrni reklama va boshqa materiallarda ishlatmaydi va bunga yo‘l qo‘ymaydi.

       MT SO sertifikatlashtirish jarayonida konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarni subpudratchi sifatida jalb qilmaydi.

Sertifikatlashtirish faoliyatidagi hujjatlarimiz

Akkreditatsiya guvohnomasi

Akkreditatsiya sohasi

Belgidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Sertifikatlashtirish tartibi

Shikoyat va apellatsiyalarni ko'rib chiqish

Sifat sohasidagi siyosat

Tarmoqlarda bizni kuzatib boring:

Ushbu sayt «LEADERS CERTIFICATION» MCHJga qarashli

  • Телеграмма
  • Instagram
  • Facebook
bottom of page