top of page

Xizmatlar

“LEADERS CERTIFICATION” menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi. Biz tashkilotlarga menejment tizimlarini joriy etish va ularning samaradorligini tasdiqlash, mahsulot hamda xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek hamkorlar va mijozlar ishonchini mustahkamlashda yordam beramiz. Nima uchun “LEADERS CERTIFICATION”ni tanlashadi: Xalqaro akkreditatsiya, Sanoat korxonalari bilan ishlash tajribasi, Professional auditorlar jamoasi, Talablarni amaliy joriy etish yondashuvi va Barcha bosqichlarda hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash

ISO 9001 / O‘z DSt 9001 — Sifat menejmenti tizimi

9001.png

  ISO 9001 — sifat menejmenti tizimining xalqaro standarti bo‘lib, tashkilotlarga samarali jarayonlarni yo‘lga qo‘yish, xavflarni kamaytirish va mijozlar mamnuniyatini oshirishga yordam beradi. O‘z DSt 9001 — O‘zbekiston Respublikasining milliy standarti bo‘lib, uning asosida tashkilotlar milliy darajada sifat menejmenti tizimini joriy etadi va tasdiqlaydi

  Kimlar uchun mos:

• Ishlab chiqarish korxonalari
• Servis va injiniring kompaniyalari
• Yirik tashkilotlar va xoldinglar yetkazib beruvchilari
• Eksport va tenderlarda ishtirok etishga yo‘naltirilgan kompaniyalar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Aniq yo‘lga qo‘yilgan va boshqariladigan biznes jarayonlari
• Operatsion xatolar va xarajatlarni kamaytirish
• Mijozlar va hamkorlar ishonchini oshirish
• Bozorda raqobat ustunligi
• Buyurtmachilar va kontrakt talablariga muvofiqlik

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Konsultatsiya va tahlil — tayyorgarlik darajasi va ish hajmini aniqlash 
2. Dastlabki baholash (zarurat bo‘lsa) — takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash 
3. Sertifikatlashtirish auditi — talablar muvofiqligini tekshirish 
4. Qaror qabul qilish va sertifikat berish 
5. Inspeksion nazorat — muvofiqlikni har yili tasdiqlash 

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• ISO 9001 va/yoki O‘z DSt 9001 muvofiqlik sertifikati
• Jarayonlar shaffofligi va boshqaruv samaradorligi
• Ishbilarmonlik obro‘sining mustahkamlanishi
• Tenderlarda ishtirok etish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyati

ISO 14001 / O‘z DSt 14001 — Ekologik menejment tizimi

14001.png

  ISO 14001 — ekologik menejmentning xalqaro standarti bo‘lib, tashkilotlarga atrof-muhitga ta’sirni tizimli boshqarish, xavflarni kamaytirish va ekologik mas’uliyatni oshirishga yordam beradi. O‘z DSt 14001 — O‘zbekiston Respublikasining milliy standarti bo‘lib, uning asosida tashkilotlar ekologik menejment tizimini milliy darajada joriy etadi va tasdiqlaydi.

  Kimlar uchun mos:

• Ishlab chiqarish korxonalari
• Qurilish va sanoat kompaniyalari
• Energetika va qazib olish tashkilotlari
• Ekologik jihatlar va chiqindilarga ega korxonalar
• Xalqaro hamkorlar bilan ishlovchi kompaniyalar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Ekologik xavflar va jarimalar ehtimolini kamaytirish
• Atrof-muhitga ta’sirni tizimli nazorat qilish
• Qonunchilik va nazorat organlari talablariga muvofiqlik
• Resurslardan foydalanishni optimallashtirish (suv, energiya, xomashyo)
• Mijozlar, investorlar va hamkorlar ishonchini oshirish
• Ekologik mas’uliyatli kompaniya sifatidagi obro‘ni mustahkamlas

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Tizimning joriy holatini tahlil qilish 
2. Dastlabki baholash (zarurat bo‘lsa)  
3. Ekologik menejment tizimini tayyorlash va joriy etish 
4. Sertifikatlashtirish auditi 
5. Qaror qabul qilish va sertifikat berish 

6. Har yillik inspeksion nazorat 

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• ISO 14001 va/yoki O‘z DSt 14001 sertifikati
• Ekologik va operatsion xavflarni kamaytirish
• Jarayonlar shaffofligi va boshqaruv samaradorligi
• Ishbilarmonlik obro‘sini mustahkamlash
• Tenderlarda qo‘shimcha ustunliklar

ISO 45001 / O‘z DSt 45001 — Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik menejmenti tizimi

45001.png

  ISO 45001 — mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro standart bo‘lib, tashkilotlarga xodimlar xavfsizligini tizimli boshqarish va ishlab chiqarishdagi xavflarni kamaytirishga yordam beradi. O‘z DSt 45001 — O‘zbekiston Respublikasining milliy standarti bo‘lib, mehnat muhofazasi tizimini joriy etish va sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi.

  Kimlar uchun mos:

• Ishlab chiqarish korxonalari
• Qurilish va injiniring kompaniyalari
• Logistika va ombor kompaniyalari
• Xodimlarga ega barcha tashkilotlar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Jarohatlanish va ishlab chiqarish xavflarini kamaytirish
• Xavfsiz va qulay ish muhitini yaratish
• Nazorat organlari talablariga muvofiqlik
• Xodimlar intizomi va mas’uliyatini oshirish
• Xavfsiz ish beruvchi sifatidagi obro‘ni mustahkamlash

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Mehnat muhofazasi holatini tahlil qilish 
2. Xavfsizlik boshqaruvi tizimini joriy etish  
3. Sertifikatlashtirish auditi 
4. Qaror qabul qilish va sertifikat berish 
5. Har yillik inspeksion nazorat 

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• ISO 45001 va/yoki O‘z DSt 45001 sertifikati
• Ishlab chiqarish xavflarini kamaytirish
• Xodimlar xavfsizligini oshirish
• Xodimlar va hamkorlar ishonchi

ISO 50001 / O‘z DSt 50001 — Energiya menejmenti tizimi

50001.png

  ISO 50001 — energiya menejmentining xalqaro standarti bo‘lib, tashkilotlarga energiya iste’molini tizimli boshqarish, xarajatlarni kamaytirish va jarayonlar samaradorligini oshirishga yordam beradi. O‘z DSt 50001 — O‘zbekiston Respublikasining milliy standarti bo‘lib, energiya menejmentini joriy etish va sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi.

  Kimlar uchun mos:

• Ishlab chiqarish korxonalari
• Energetika kompaniyalari
• Zavodlar va yirik obyektlar
• Energiya sarfi yuqori bo‘lgan barcha tashkilotlar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Energiya xarajatlarini kamaytirish
• Resurslardan foydalanishni optimallashtirish
• Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
• Qonunchilik va hamkorlar talablariga muvofiqlik
• Kompaniyaning investitsion jozibadorligini oshirish

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Joriy energiya iste’molini tahlil qilish
2. Energiya menejmenti tizimini joriy etish 
3. Auditga tayyorgarlik 
4. Sertifikatlashtirish auditi 
5. Qaror qabul qilish va sertifikat berish 

6. Har yillik inspeksion nazorat

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• ISO 50001 va/yoki O‘z DSt 50001 sertifikati
• Energiya xarajatlarini kamaytirish
• Jarayonlarni boshqarish samaradorligi
• Ishbilarmonlik obro‘sini mustahkamlash

ISO 27001 — Axborot xavfsizligi menejmenti tizimi

27001.png

   ISO 27001 — axborot xavfsizligini boshqarish tizimining xalqaro standarti bo‘lib, tashkilotlarga muhim va kritik axborotni tizimli himoya qilish, ma’lumotlar sizib chiqishi xavfini kamaytirish, biznes jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash hamda mijozlar talablariga muvofiqlikni saqlashga yordam beradi.

  Kimlar uchun mos:

• IT-kompaniyalar va dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar
• Banklar, moliyaviy va sug‘urta tashkilotlari
• Kritik axborotga ega ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kompaniyalari
• Ma’lumotlar maxfiyligi muhim bo‘lgan barcha tashkilotlar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Maxfiy axborot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
• Kiberhujumlar, ma’lumotlar sizib chiqishi va jarimalar xavfini kamaytirish
• Xalqaro mijozlar va hamkorlar talablariga muvofiqlik
• Mijozlar va investorlar ishonchini oshirish
• Ishonchli va xavfsiz hamkor sifatidagi obro‘ni mustahkamlash

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Axborot xavfsizligi risklarini tahlil qilish  
2. Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etish  
3. Tizimni tayyorlash va ichki audit o‘tkazish 
4. Mustaqil sertifikatlashtirish auditi  
5. Qaror qabul qilish va sertifikat berish  

6. Har yillik inspeksion nazorat va muvofiqlikni ta’minlash 

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• Xalqaro darajada tan olinadigan ISO 27001 sertifikati
• Kiberxavflarni kamaytirish va biznes ma’lumotlarini himoya qilish
• Mijozlar va hamkorlar ishonchini oshirish
• Xalqaro shartnomalar va tender talablariga muvofiqlik

37001.png

ISO 37001 / O‘z DSt 37001 — Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi

   ISO 37001 — korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standart bo‘lib, tashkilotlarga korrupsiyani oldini olish, shaffoflikni oshirish va hamkorlar ishonchini mustahkamlashga yordam beradi. O‘z DSt 37001 — O‘zbekiston Respublikasining milliy standarti bo‘lib, korrupsiyaga qarshi tizimlarni joriy etish va sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi.

  Kimlar uchun mos:

• Korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan davlat va xususiy tashkilotlar
• Xalqaro hamkorlar bilan ishlovchi kompaniyalar
• Tender va yirik kontraktlarda ishtirok etuvchi tashkilotlar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Korrupsiya xavflarini kamaytirish va oldini olish
• Biznes jarayonlarining shaffofligini oshirish
• Milliy va xalqaro qonunchilik talablariga muvofiqlik
• Investorlar, hamkorlar va mijozlar ishonchini oshirish
• Tenderlarda raqobat ustunligi

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Jarayonlarni tahlil qilish va korrupsiya xavflarini aniqlash  
2. Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish  
3. Ichki audit va tayyorgarlik ishlari  
4. Mustaqil sertifikatlashtirish auditi 
5. Qaror qabul qilish va sertifikat berish 

6. Har yillik inspeksion nazorat 

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• ISO 37001 va/yoki O‘z DSt 37001 sertifikati
• Korrupsiya xavflarini kamaytirish
• Shaffoflik va ishonchni oshirish
• Tender va shartnomalar talablariga muvofiqlik

22000.png

ISO 22000 / O‘z DSt 22000 — Oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi

   ISO 22000 — oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish bo‘yicha xalqaro standart bo‘lib, xavflarni nazorat qilish va global talablarni bajarishni ta’minlaydi. O‘z DSt 22000 — milliy standart bo‘lib, ushbu tizimni O‘zbekiston darajasida joriy etish va tasdiqlashda qo‘llaniladi.

  Kimlar uchun mos:

• Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar
• Restoranlar, kafe va qayta ishlash korxonalari
• Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchilar va distribyutorlar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Mahsulot sifati va xavfsizligini nazorat qilish
• Qonunchilik va xalqaro talablariga muvofiqlik
• Mahsulot qaytarib olish va xavflarni kamaytirish
• Yangi bozor va eksport imkoniyatlari
• Iste’molchilar va hamkorlar ishonchini oshirish

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish va xavflarni aniqlash  
2. Oziq-ovqat xavfsizligi tizimini joriy etish  
3. Ichki audit va tayyorgarlik  
4. Mustaqil sertifikatlashtirish auditi  
5. Qaror qabul qilish va sertifikat berish 

6. Har yillik inspeksion nazorat  

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• ISO 22000 va/yoki O‘z DSt 22000 sertifikati
• Xalqaro standartlarga mos xavfsiz mahsulot
• Yangi bozorlar va tenderlarga kirish
• Iste’molchilar ishonchini oshirish

FSSC 22000.png

FSSC 22000 — Oziq-ovqat xavfsizligini sertifikatlash tizimi

   FSSC 22000 — xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlashtirish sxemasi bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruv tizimlarini baholash va tasdiqlashda qo‘llaniladi

  Kimlar uchun mos:

• Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar
• Qayta ishlash korxonalari
• Xomashyo va qadoqlash yetkazib beruvchilar
• Xalqaro savdo tarmoqlari bilan ishlovchi kompaniyalar
• Eksportga yo‘naltirilgan tashkilotlar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Xalqaro savdo tarmoqlari talablariga muvofiqlik
• Xalqaro darajada tan olinishi
• Hamkorlar ishonchini oshirish
• Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish
• Eksport imkoniyatlarini kengaytirish

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Tayyorlik darajasini tahlil qilish  
2. Oziq-ovqat xavfsizligi tizimini tayyorlash 
3. Jarayonlarni ishlab chiqish va joriy etish 
4. Ichki audit 
5. Sertifikatlashtirish auditi 

6. Qaror qabul qilish va sertifikat berish 

7. Har yillik inspeksion nazorat  

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• FSSC 22000 sertifikati (xalqaro tan olingan)
• Xalqaro savdo tarmoqlari bilan ishlash imkoniyati
• Mijozlar va hamkorlar ishonchini oshirish
• Yangi bozorlarga chiqish

SEDEX.png

SEDEX — Etik audit va yetkazib beruvchilarni baholash

   SEDEX (Supplier Ethical Data Exchange) — mehnat etikasi, mehnat xavfsizligi, ekologiya va biznes shaffofligi bo‘yicha talablarni bajarishni baholovchi xalqaro platforma.

  Kimlar uchun mos:

• Ishlab chiqarish kompaniyalari
• Xalqaro brendlar yetkazib beruvchilari
• Eksportga yo‘naltirilgan korxonalar
• Xorijiy mijozlar bilan ishlovchi tashkilotlar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Xalqaro mijozlar talablariga muvofiqlik
• Ijtimoiy mas’uliyat standartlariga rioya etish
• Jarayonlar shaffofligi va boshqaruvini oshirish
• Hamkorlar ishonchini mustahkamlash
• Xalqaro shartnomalarga kirish imkoniyati

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. SEDEX platformasida ro‘yxatdan o‘tish 
2. O‘z-o‘zini baholash anketasini (SAQ) to‘ldirish 
3. SMETA auditiga tayyorgarlik  
4. Korxonada audit o‘tkazish  
5. Hisobot va natijalarni shakllantirish  

6. Ma’lumotlarni SEDEX platformasiga joylashtirish  

7, Davriy yangilash va qayta auditlar  

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• Xalqaro audit tajribasi
• Global mijozlar talablarini tushunish
• Professional auditorlar jamoasi
• SMETA jarayoniga tayyorgarlik
• To‘liq hamkorlik va kuzatu

IATF 16949 — Avtomobil sanoati uchun sifat menejmenti tizimi

IATF.png

 IATF 16949 — avtomobil sanoati va avtomobil ishlab chiqaruvchilari yetkazib beruvchilari uchun xalqaro sifat menejmenti standarti.

  Kimlar uchun mos:

• Avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilar
• Avtomobil ishlab chiqaruvchilari yetkazib beruvchilari
• Avtomobil sanoatida faoliyat yurituvchi korxonalar
• Avtomobil sanoatiga kirishni rejalashtirayotgan kompaniyalar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Avtomobil ishlab chiqaruvchilari talablariga muvofiqlik
• Mahsulot sifati va jarayonlarni yaxshilash
• Nuqson va ishlab chiqarish xavflarini kamaytirish
• Global yetkazib berish zanjiriga kirish imkoniyati
• Xalqaro avtomobil brendlari bilan shartnomalar

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Sifat menejmenti tizimini tahlil qilish 
2. IATF 16949 talablarini joriy etish 
3. Hujjatlar va jarayonlarni tayyorlash 
4. Ichki audit 
5. Sertifikatlashtirish auditi 

6. Qaror qabul qilish va sertifikat berish  

7, Doimiy inspeksion nazorat 

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• IATF 16949 sertifikati
• Xalqaro avtomobil bozorlariga kirish
• Mahsulot sifatini oshirish
• Avtomobil ishlab chiqaruvchilari ishonch

HALAL.png

Halol sertifikatlash tizimi

 Halol - mahsulotlar, jarayonlar va ishlab chiqarish sharoitlarining talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat. Halol sertifikati tashkilotlarga belgilangan diniy va sifat talablariga muvofiqligini tasdiqlash, shuningdek, xalqaro bozorlarning keng doirasiga chiqish imkonini beradi.

  Kimlar uchun mos:

• Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari
• umumiy ovqatlanish korxonalari
• Kosmetika va farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari
• Musulmon mamlakatlariga eksport qiluvchi kompaniyalar
• Xalqaro bozorlarga yetkazib beruvchilar

  Joriy etish va sertifikatlashtirish nima beradi:

• Musulmon va musulmon bo'lmagan mamlakatlarga mahsulot eksport qilish imkoniyati
• Yevropa Ittifoqi, Fors ko'rfazi, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikadagi bozorlarga kirish
• Xalqaro tenderlarda ishtirok etish va chakana savdo tarmoqlari bilan hamkorlik qilish
• mahsulotlarning raqobatbardoshligi va investitsion jozibadorligini oshirish
• iste'molchi va biznes hamkor ishonchini mustahkamlash

  Sertifikatlashtirish jarayoni:

1. Mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish
2. Xom ashyo, yetkazib beruvchilar va jarayon bosqichlarini tekshirish
3. Halol talablariga muvofiqligini baholash 
4. Sertifikatlashtirish auditi 

5. Qaror qabul qilish va sertifikat berish  

6, Doimiy inspeksion nazorat 

  Muvaffaqiyatli sertifikatlashtirish natijasida:

• Xalqaro tan olingan Halol sertifikati
• Ko'rfaz, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, Afrika va MDH mamlakatlari bozorlariga kirish
• Eksport imkoniyatlari kengayadi
• Ishbilarmonlik obro'si va iste'molchilar ishonchi mustahkamlandi

Tarmoqlarda bizni kuzatib boring:

Ushbu sayt «LEADERS CERTIFICATION» MCHJga qarashli

  • Телеграмма
  • Instagram
  • Facebook
bottom of page